JSST yangi pandemiya xavfidan ogohlantirdi

09:39 03 Mart 2023 Dunyo
1245 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti epidemiologi Richard Pibodi dunyoda parranda grippi (H5N1) pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirdi.

Chunki mazkur virus tez mutatsiyaga uchrab, nafaqat qanotli jonzotlar, balki bemor insonlardan ham yuqish hamda keng tarqalish xususiyatiga ega. Eng yomoni, u odamlar oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin.

“Shu bois yangi pandemiyaga tayyor turishimiz kerak. Hozir ilmiy hamjamiyat viruslarni kuzatmoqda va agar zarurat tugʻilsa, maxsus vaksinalar ishlab chiqariladi” — deydi ekspert.

Epidemiologning qayd etishicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok boʻlgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер