JSST rahbari dunyodagi eng katta gumanitar inqirozni maʼlum qildi

00:18 18 Mart 2022 Dunyo
1503 0

Foto: AP

Ayni damda dunyodagi eng katta gumanitar inqiroz Efiopiyaning Tigray mintaqasida. Buni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi deya xabar bermoqda “The Guardian” nashri.

Gebreyesusning taʼkidlashicha, Afrikaning ushbu mintaqasidagi gumanitar falokatning koʻlami miqyosi boʻyicha boshqalaridan sezilarli darajada oshib ketgan.

“Yer yuzining boshqa hech qayerida odamlar Efiopiya shimolidagi izolyatsiya qilingan hududdan koʻra koʻproq xavf ostida emas”, deydi JSST rahbari.

Nashrning qayd etishicha, inqirozning halokatli xarakteriga qaramay Tigraydagi vaziyat koʻpincha OAV va xalqaro tashkilotlarning eʼtiboridan chetda qolmoqda. 

Qolaversa, Efiopiya hukumati ham mintaqa aholisiga yordam koʻrsatishga xalaqit bermoqda. Xususan, Gebreyesusning oʻzi ham Efiopiya hukumati tomonidan tanqid qilingan.

Hukumat kuchlari va Tigray shtatidagi isyonchilar oʻrtasidagi mojaro bir yildan ortiq davom etmoqda. Hukumat federal markazga boʻysunmagani uchun mahalliy hokimiyatni shtatdan chiqarib yuborishga harakat qildi. Shu bilan birga Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad dastlabki maʼlumotlarga koʻra, minglab odamlarning oʻlimiga sabab boʻlgan qarama-qarshilik boshlanishi ortida turibdi. Vaholanki, u 2019-yilda qoʻshni Eritreya bilan deyarli 20 yillik urushga barham bergani uchun Tinchlik yoʻnalishida Nobel mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер