JSST pandemiyani yengishning yagona chorasini maʼlum qildi
Foto: Reuters
Olimlarning fikricha, pandemiyaning uchinchi yili boshiga kelib, “COVID-19” qurbonlari soni 6 million nafarga yaqinlashmoqda.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbarining fikricha, 2022-yilda insoniyat halokatli virusni faqat davlatlar vaksinalarni tarqatishdagi tengsizlikka barham berishga muvaffaq boʻlsagina yengishi mumkin.
“Agar biz “COVID-19”dan tasdiqlangan 6 million oʻlim sonini istisno qilsak, haqiqiy oʻlim darajasi yigirma bir millionga yaqin. Bunga uyda tashxis qoʻyilmagan oʻlimlar, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda testlarning yoʻqligi yoki kamligi sababli hisobotlarga kiritilmagan holatlar ham bor”, deydi Singapur milliy universiteti xodimi Tikki Pang.
Shundan kelib chiqib, JSST Afrikada pandemiyaga qarshi kurashning eng muhim va mutlaq zarur chorasi “COVID-19”ga qarshi emlanganlar sonini koʻpaytirish, deb hisoblamoqda.
Afrikadagi toʻrtinchi toʻlqin eng qisqasi boʻldi. JSST keyingi toʻlqin yanada jiddiy boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring