JSST koronavirusga qarshi vaksinalarni yangilash va yangilarini yaratish qoʻllab-quvvatlanishini maʼlum qildi
Illyustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti(JSST)ning koronavirusga qarshi vaksina tarkibi boʻyicha texnik maslahat guruhi koronavirus va uning tarqalishining oldini olish uchun qoʻshimcha dori vositalarini ishlab chiqish zarur deb topdi. Bu haqda tashkilot saytida eʼlon qilingan bayonotda qayd etilgan.
“Bunday dorilar mavjud boʻlmaguncha, shuningdek, "SARS-CoV-2" bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashmaguncha "COVID-19"ga qarshi mavjud vaksinalarning tarkibini yangilash lozim boʻlishi mumkin", deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, JSST mezonlariga javob berish uchun preparatlar genetik va antigenik jihatdan koronavirusning hozirgi aylanma variantiga yaqin boʻlgan shtammlarga asoslangan boʻlishi kerak.
Avvalroq, JSST Yevropa boʻlimi rahbari Xans Klyuge yaqin olti-sakkiz hafta ichida Yevropa aholisining 50 foizdan ortigʻi koronavirusning "Omikron" shtammi bilan kasallanishini aytgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring