JSST koronavirusga qarshi kurashda namuna olsa arziydigan mamlakatni maʼlum qildi
JSSTning favqulodda kasalliklar boʻlimining texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove Vyetnam hukumatining koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish harakatlarini yuqori baholadi va boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida qayd etdi.
«Ular tez va har tomonlama harakat qilishmoqda. Ularda koronavirus tarqalashini nazoratga olishga yordam beradigan tizim mavjud. Aynan mana shu boshqa davlatlarda ham koʻrishimiz kerak boʻlgan jihatdir», deydi Mariya Van Kerkxove.
Shuningdek, u Vyetnam yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda katta tajribaga ega ekanligini qoʻshimcha qilgan.
«Juda kam yuk hamda oʻlim darajasini his qilgan mamlakat sifatida ular bunga (tah. koronavirusning yangi avj olishiga) hech qanday imkoniyat qoldirishmaydi va keng tarqalishning oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishmoqda», - dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan Vyetnamda koronavirusning yangi tarqalishiga munosabat bildirgan holda.
Avvalroq Vyetnamning yangi koronavirus tarqalishi oʻchogʻiga aylangan Danang shahri hukumati butun aholini — 1,1 millionga yaqin odamni Covid-19 uchun test-sinovdan oʻtkazishni rejalashtirayotgani maʼlum boʻldi.
31-iyulda esa mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon ilk oʻlim holati qayd etildi.
Ochiq manbalarga koʻra, qariyb 94 yarim million aholisi bor Vyetnamda ayni kungacha 642 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring