JSST koronavirus pandemiyasining ikkinchi toʻlqini haqida ogohlantirmoqda

09:44 27 May 2020 Dunyo
1443 0

Koronavirus epidemiyasining pasayishi kuzatilgan davlatlar, agar ular nazoratni zaiflashtirsa, epidemiyaning ikkinchi toʻlqiniga duch kelishlari mumkin.

Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar dasturining rahbari Maykl Rayan onlayn-brifingda maʼlum qildi, deyiladi “Kazinform” xabarida.

Maykl Rayanning soʻzlariga koʻra, dunyo endigina koronavirus pandemiyasining birinchi toʻlqinining oʻrtasiga yetib keldi.

Sababi kasallik Markaziy va Janubiy Amerikada, Janubiy Osiyo va Afrikada avjiga chiqqan. Kasallikning tarqalishi toʻlqinga oʻxshashdir: oʻsgandan keyin pasayish kuzatiladi va keyin infeksiya yana boshlanadi.

JSST maʼlumotlariga koʻra, mutaxassislar “ikkinchi toʻlqin” tushunchasini quyidagicha izohlaydilar: birinchi toʻlqinda bemorlarning soni minimal darajaga tushiriladi va bir necha oydan keyin kasallik yana avjiga chiqadi.

“Bir necha oydan keyin bu koʻplab mamlakatlarda aks etadi. Shu bilan birga, pandemiyaning ikkinchi bosqichi mavsumiy gripp paytiga toʻgʻri kelishi mumkin. Shu munosabat bilan, dunyo mamlakatlari koronavirus uchun testlarni toʻxtatmasdan, sogʻliqni saqlash sohasida keng qamrovli choralarni koʻrishni va uning tarqalish yoʻllarini oʻrganishda davom ettirishlari kerak", — dedi Rayan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер