JSST xavotirda — dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yana yomonlashmoqda
Foto: РИА Новости
Koronavirusning “Hindcha” shtammi allaqachon 104 mamlakatga tarqalgan va bu holat tez orada dunyoda vaziyatning yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi.
Mutaxassis virusning “delta” varianti boshqa mutatsiyalarga nisbatan yuqtirish darajasi yuqori ekanini taʼkidlab, u global epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi va kasallik bilan zararlanganlar sonining koʻpayishiga ishora qildi.
"Oʻtgan hafta ketma-ket toʻrtinchi marta dunyoda ”COVID-19" bilan kasallanganlar soni koʻpaygan. Bunday oʻsish JSSTning olti mintaqasida qayd etilgan", dedi Gebreyesus.
Uning soʻzlariga koʻra, kasallikning asoratlari oqibatida oʻlim darajasi ham oshib bormoqda.
JSST Bosh direktori eng qiyin vaziyat koronavirus qarshi vaksinalar yetib borish imkoniyati cheklangan mamlakatlarda qolayotganini taʼkidladi. Biroq, ekspertning soʻzlariga koʻra, pandemiya hech qayerda tugamagan.
Oldinroq Gebreyesus koronavirus yangi shtammlari yuqumli kasallik darajasi yuqori boʻlganligi sababli vaksinalar ustidan gʻalaba qozonayotganini aytgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring