JSST yirik biologik ofat xavfi haqida ogohlantirmoqda

21:28 25 Aprel 2023 Dunyo
1017 0

Illyustrativ foto

Sudanda harbiylar xavfli kasalliklar namunalari boʻlgan markaziy davlat laboratoriyasini egallab olgan. Bu haqda “Arab news” Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) Sudandagi vakili Nima Said Obidga tayanib xabar bermoqda.

“Urushayotgan tomonlardan biri sogʻliqni saqlash tizimining markaziy laboratoriyasini tortib olish bilan bogʻliq yirik biologik xavf mavjud”, deya ogohlantirmoqda JSST mutaxassisi.

Laboratoriyada poliomiyelit va qizamiq namunalari borligi aytilmoqda.

Sudan Qurolli kuchlari va Tezkor harakat kuchlari mojaro oʻtgan hafta oxirida ularning rahbarlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar natijasida boshlangan. Toʻqnashuvlar boshlanganidan beri 330 kishi halok boʻldi, 3,2 mingdan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Shu yilning 21-aprel kuni Sudan qurolli kuchlari musulmonlarning muqaddas bayrami — Ramazon hayiti munosabati bilan sulh tuzishga rozi boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер