JSST: Dunyoda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari 13 foizga kamaydi

18:40 27 Oktyabr 2022 Dunyo
1057 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yer yuzidagi epidemiologik vaziyat boʻyicha navbatdagi hisobotini eʼlon qildi.

Unda qayd etilishicha, oʻtgan haftada dunyo boʻyicha qariyb 2,7 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu — 10-16-oktyabr sanalariga nisbatan 15 foiz kam koʻrsatkich.

Shuningdek, kasallik oqibatida 8,5 mingdan ortiq kishi hayotdan koʻz yumdi va oʻlim holatlar statistikasida 13 foiz pasayish qayd etildi.

Xususan, kasallanishlar sonining sezilarli kamayishi Afrika (-41 foiz) va Yevropa (-23 foiz) mintaqasi mamlakatlarida kuzatildi. Janubiy va Shimoliy Amerika qitʼalarida esa 2 foiz oʻsish aniqlandi.

Oʻlim holatlari ham Afrika (-72 foiz), Yevropa (-24 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyo (-13 foiz) davlatlarida kamaydi.

Oʻtgan haftada eng koʻp bemorlar roʻyxatga olingan mamlakatlar:

— Germaniya — 498 787 nafar,

— Fransiya — 307 610 nafar,

— Xitoy — 285 348 nafar,

— AQSH — 255 116 nafar,

— Italiya —252 777 nafar.

17-23-oktyabr kunlari SOVID-19 dan eng koʻp oʻlim holatlari kuzatlgan davlatlar:

— AQSH — 2538 nafar,

— Rossiya — 636 nafar,

— Italiya — 586 nafar,

— Fransiya — 484 nafar,

— Xitoy — 469 nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер