JSST dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi toʻlqini boshlanganini maʼlum qildi

10:09 15 Iyul 2021 Dunyo
675 0

Dunyo koronavirus pandemiyasining yangi toʻlqini boshlanishida turibdi. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus maʼlum qildi.

“Hozirda uchinchi toʻlqinning ilk bosqichidamiz”, — dedi u.

Gebreyesus 10 haftalik pasayishdan soʻng oʻlim holatlari oʻsganiga eʼtibor qaratdi.

Uning soʻzlariga koʻra, koronavirusning “delta” varianti kasallik yuqishi koʻrsatkichlari oʻsishining asosiy omili hisoblanadi.

JSST bosh direktori hindcha shtamm dunyoning 111 mamlakatida qayd etilganini taʼkidladi.

Koronavirusning hindcha mutatsiyasi yoki “delta” shtammi mart oyida Maharashtra shtatida aniqlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер