JSST dunyo mamlakatlarini kuzda yangi pandemiyaga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi

03:57 26 Avgust 2021 Dunyo
1150 0

Foto: AP

JSST bosh direktori Gebreyesus dunyo mamlakatlarini kuzda yangi pandemiyaga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus dunyo mamlakatlarini kuzda boʻladigan yangi pandemiyaga tayyorgarlik koʻrishga va unga munosib javob berishga chaqirdi. JSST rahbari bu haqda Jenevada boʻlib oʻtgan brifing chogʻida aytib oʻtdi.

Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashgan. Ammo kasallanish va oʻlim koʻrsatkichlari yuqori darajada qolmoqda.

“Bu barqarorlik juda yuqori darajada — 4,5 milliondan ortiq yangi holatlar va 68 mingdan ortiq oʻlim”, deydi u.

Avvalroq, JSST bosh olimi Sumya Svaminatan koronavirus Hindistonda endemik kasallikka aylanishini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, mazkur davlatda ushbu xastalik “endemiklik” bosqichiga kirgan. Bu yerda kasallikning tarqalishi faqat mamlakatning ayrim hududlariga xos boʻlib qolmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер