JSST COVID-19 vaksinasini tasdiqlash mezonlarini maʼlum qildi

23:57 15 Sentyabr 2020 Dunyo
911 0

JSST toʻliq xavfsiz hamda samarali boʻlmagan hech bir koronavirusga qarshi vaksinani tasdiqlamaydi. Hozirda tashkilot vaksinalari sinovlarning uchinchi bosqichidan oʻtayotgan barcha davlatlarning natijalarini kutmoqda.

Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris maʼlum qilmoqda.

“Hozirda qoʻllanilayotgan vaksinalarning hech biri sinovlarning uchinchi bosqichini yakunlamagan. Barcha sheriklarimiz ularning faolligi borasida hisobot berib turishibdi. JSST olishni istayotgan narsa ham vaksinalar va natijalar toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotdir. Zero, tashkilot Bosh direktori aytganidek, biz toʻliq xavfsiz boʻlmagan va samaradorligi isbotlanmagan biron bir vaksinani tasdiqlamaymiz”, deydi vakil.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер