Joze Mourinyo “MYU”dan haydaldi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo isteʼfoga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
“Klub Jozega “Manchester Yunayted”dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va kelgusidagi faoliyatida omad tilaydi. Ayni vaqtda jamoani mavsum soʻngiga qadar boshqarib boradigan vaqtinchalik murabbiy izlanmoqda. Tez orada uning nomi eʼlon qilinadi”, — deyiladi “Yunayted” bayonotida.
Mourinyo 2016 yilgi mavsum boshidan buyon manchesterliklar bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi. Soʻnggi marta uning jamoasi APLda Liverpulga qarshi oʻyinda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring