Joriy yilning oʻtgan davrida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida 3,1 mlrd. soʻmlik pul mablagʻlarining asossiz sarflanishi oldi olindi
Bunga xaridlar jarayonining ochiq va shaffofligini hamda “Davlat xaridlari” Qonuni talablariga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlash natijasida erishildi.
Shuningdek, xaridlar jarayonida ishtirokchilarning oʻzaro til biriktirishlari, raqobat muhitini cheklashga urinish hamda ball qoʻyishda baholash mezonlariga noxolis yondashuvlarni bartaraf etilishi natijasida jami 29,1 mlrd.soʻmlik shartnomalarning tuzilishi rad etilib, aniqlangan manfaatlar toʻqnashuviga chek qoʻyildi.
Turli korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida oʻtkazilgan 15 ta xizmat surishtiruvi natijasida , 5 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortildi, 8 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 36 nafar masʼul xodimlarga nisbatan turli xildagi intizomiy jazolar (hayfsan, ogohlantirish va h.k) qoʻllanildi, 22 nafar xodimning ish haqidan jarima undirildi, 9 ta holat boʻyicha toʻplangan materiallar qonuniy chora koʻrish uchun huquq tartibot organlariga yuborildi.
AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzkimyosanoat” AJ axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov tizimda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat faoliyati haqida maʼlumot berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring