Joriy yilda 3200 dan ortiq maktablarda “Elektron taʼlim tarmogʻi” axborot tizimi tatbiq etiladi
Keyingi yillarda yurtimizda taʼlim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, oʻquvchilarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, sohani zamon talablari asosida modernizatsiya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, umumtaʼlim maktablaridagi internet tarmogʻi va ulardagi mavjud kompyuter texnikasini onlayn monitoring qilish maqsadida yagona “Elektron taʼlim tarmogʻi” axborot tizimi ishlab chiqildi.
Mazkur axborot tizimi Toshkent shahri Shayxontohur tumanida tajriba-sinovdan oʻtkazilib, oʻtgan davr mobaynida 2 mingta maktabga belgilangan tartibda oʻrnatildi. 2022-yilda esa 3 ming 200 dan ortiq umumtaʼlim maktablariga oʻrnatish rejalashtirilgan.
Bu haqda parlament quyi palatasida boʻlib oʻtgan navbatdagi “Hukumat soati”da xalq taʼlim vaziri B. Saidov maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring