Joriy yilda 236 120 nafar ishsiz yoshlar va 189 085 nafar maktab bitiruvchilari bandligi taʼminlandi

19:46 14 Dekabr 2023 Jamiyat
608 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Yoshlar siyosati va sport vazirligi departament rahbari Azim Xolmahmatov maʼlum qildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 150 ming nafar yoshlarga 3,2 trln. soʻm imtiyozli kredit ajratildi, 163 ming nafar yoshlarga dehqonchilik uchun 67 ming gektar ekin maydonlari berildi.

662 ming nafar yoshlar oʻzini oʻzi band qilishiga koʻmaklashildi, 56 ming nafar yoshlar kasb-hunarga oʻqitilib, bandligi taʼminlandi.

“Yoshlar daftari” orqali yoshlarga koʻrsatiladigan yordam turlari soni 30 taga yetdi, murojaatlarni koʻrib chiqish muddati esa 30 kundan 5 kungacha qisqardi.

Joriy yilda yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 338 ming nafar yoshlarga 444 mlrd. soʻmlik yordam koʻrsatildi.

“Yoshlar balansi” asosida 396 ming nafar “ogʻir” toifadagi yoshlar 6 755 nafar rahbarlarga nomma-nom biriktirilib, amaliy choralar natijasida ularning 331 ming nafari “yashil” toifaga oʻtkazildi.

Yoshlar yetakchilari tomonidan xonadonma-xonadon xatlov ishlari orqali 268 ming nafar xorijdagi yoshlar balansi shakllantirilib, ular bilan doimiy muloqot oʻrnatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер