Joriy yil oʻtgan davrida 202 turga yaqin elektrotexnika mahsuloti 68 ta mamlakatga eksport qilindi
AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzeltexsanoati” uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov elektrotexnika sanoati korxonalarining 10 oylik faoliyati tahlili yuzasidan maʼlumot berdi.
2023-yilning 10 oy yakuni bilan elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarish hajmi 19 trln. soʻmni tashkil etdi.
Eksport hajmi esa 800 mln dollarga teng boʻldi, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 122 foizni tashkil etadi.
Ayni paytda Uyushma tomonidan Toshkent viloyatida “Mis klasteri” va Qashqadaryoda esa “Solar Cluster” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring