Jonson ishiga qaytadigan sana maʼlum boʻldi
Koronavirus infeksiyasidan xalos boʻlgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 27-aprel kuni oʻz vazifasiga qaytadi. Bu haqda hukumat rahbarining rasmiy vakili maʼlum qildi.
Sky News Jonson “odatdagi jadvaliga qaytishga” tayyorligini maʼlum qildi. Bir necha kun oldin Jonsonning 27-aprel kuni ishga qaytishi haqida The Daily Telegraph xabar bergan edi.
Dauning-strit vakilining soʻzlariga koʻra, bosh vazir juma kuni oʻz maslahatchilari bilan uchrashgan.
“Jonson Britaniyaning koronavirusga qarshi kurashda erishgan yutuqlari toʻgʻrisida soʻnggi maʼlumotlar bilan tanishdi”, dedi u.
Manbalarning taʼkidlashicha, Jonson vaqtincha uning vazifasini bajarib turgan birinchi vazir, tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bilan har kuni video aloqada boʻlgan.
5-aprel kuni Jonson koronavirus sabab kasalxonaga yotqizildi. Kasalxonada Britaniya hukumati rahbari bir hafta yotdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring