Jondorda ilk Oilaviy bolalar uyi ochildi  

14:53 12 Noyabr 2021 Jamiyat
1047 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilimli va maʼnaviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish maqsadida joriy qilingan tizim ota-ona mehridan mosuvo bo‘lib kelgan murg‘ak qalblar hayotida tamomila yangi sahifa ochayotgani quvonarli.

Ana shu tizim samarasida Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari soni besh nafarga qisqardi. Bu Jondor tumanida dastlabki oilaviy bolalar uyi o‘z faoliyatini boshlagani bilan bog‘liq.

Shu tumanda istiqomat qiluvchi Ahad Saidov va Marhabo Behbudova oilasi bir-biridan shirin besh nafar bolani tarbiyasiga oldi. Xonadonda ularning emin-erkin yashashlari, oilaviy muhit taftini his qilib ulg‘ayishlari uchun barcha shart-sharoit muhayyo etilgan. Muhimi, bu bolalar endi ota-ona mehru muhabbatidan bahramand bo‘lishadi, o‘zlarini tengqurlaridan aslo kam sezishmaydi.

Ayni damda viloyatning Buxoro shahri, Peshku tumanida ham shunday Oilaviy bolalar uyi faoliyat yuritmoqda.

 

Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер