Joʻnatmalardagi qingʻirlik fosh boʻldi

11:13 17 Aprel 2023 Jamiyat
424 0

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor maʼlumotga asosan yurtimizga oʻtish uchun “S.Najimov” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “HYUNDAI GRAND STAREX” rusumli boʻlgan avtotransport vositasiga ortilgan “Kuryerlik joʻnatmalar” tovarlari xolislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida avtotransport vositasida xorijda ishlab chiqarilgan, yoʻl yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan tovarlar orasiga yashirilgan, qiymati salkam 3 mlrd. soʻmlik jami 104 ta komplektda tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun: Jismoniy shaxslar xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida 1 chorakda 1000 AQSH dollari qiymatidagi tovarlarni bojsiz qabul qilib olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер