Jomboyda 26 ta yangi xonadon oʻz egalariga topshirildi
Yaqinda Jomboy tumanining Uzunovul massivida qurilgan koʻp qavatli uylarning 26 ta zamonaviy xonadoni oʻz egalariga topshirildi.
Mana bir necha yildirki, mamlakatimizda namunaviy uy loyihasi asosida turarjoylar bunyod etilmoqda. Buning samarasida oʻtgan davr mobaynida minglab ehtiyojmand fuqarolar oʻz yashash joyiga ega boʻldi. Har tomonlama qulay, jahon standartlariga mos shunday uy-joylar tumanning Uzunovul massivida ham qisqa fursatda qurib bitkazildi.
Xonadonlarni foydalanishga topshirish marosimida mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirok etishdi.
Koʻp qavatli turarjoydan kenja oʻgʻliga uy olgan Fotima Dovurovaning ham quvonchi cheksiz.
— Uch farzandim bilan bir uyda yashardik, — deydi onaxon. — Hokimlik vakillariga qilgan murojaatimiz oʻrganildi, sharoitimiz hisobga olindi va imtiyozli shartlar asosida uy berishdi. Xalqparvar siyosat yuritayotgan barcha rahbarlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari G.Alimova hamda tuman hokimi H.Toʻychiyev qatnashdi.
Abdulaziz Yoʻldoshev("Xalq soʻzi")
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring