Jo Baydenning reytingi rekord darajada tushib ketdi
Foto: Reuters
“FiveThirtyEight” veb-saytidagi soʻrovlar agregatori AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatini maʼqullamagan amerikaliklar 51,7 foizga yetganini taxmin qildi.
“Rasmussen Reports” sotsiologik xizmati veb-saytida esa Jo Baydenning yana bir antirekordi haqida xabar berildi. Unga koʻra, joriy yilning 16-noyabr kuni birinchi marta amaldagi maʼmuriyatni istisnosiz qoʻllab-quvvatlaganlar 20 foizga, qoʻllab-quvvatlamaganlar koʻrsatkichi esa 50 ga teng boʻlgan.
Jo Bayden 2021-yilning yanvaridan beri AQSH prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Dastlab uning antireytingi 35 foizdan past edi. Biroq avgust oyi oxiriga kelib Oq uy siyosatini maʼqullagan fuqarolar soni maʼqullamaganlardan kamayib ketdi.
Taqqoslash uchun, Baydendan oldingi AQSH yetakchisi Donald Trampning antireytingi 2017-yil 16-noyabrida – uning prezidentligining birinchi yilida 55,5 foizni, undan avvalgi Oq uy rahbari Barak Obamaniki esa 2009-yil noyabr oyi oʻrtalarida 44 foizni tashkil qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring