Jo Bayden Ukrainaga AQSH qurollaridan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun Amerika tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanishga ruxsat berdi.
Ukraina harbiylari AQSH qurollaridan endi rus kuchlariga zarba berish yoki qarshi hujumda foydalanishlari mumkin boʻladi. Ammo bu rozilik faqat Xarkov viloyati yaqinidagi hududlarga amal qiladi.
Juma kuni Ukraina rasmiylari Xarkov shahri chekkasidagi turar-joy binosining Rossiya tomonidan oʻqqa tutilishi oqibatida 3 kishi halok boʻlgani va 16 kishi yaralanganini maʼlum qildi.
«CBS» telekanalining «Yangi siyosat Rossiya samolyotlariga hujum qilishni oʻz ichiga oladimi?», degan savoliga AQSH rasmiysi Ukraina tuprogʻiga bostirib kirayotgan Rossiya samolyotlariga hujum qilish taqiqlanmaganini aytgan. Oq uy va davlat departamenti hozircha bu borada izoh bermagan.
Oʻz navbatida, Buyuk Britaniya ham Gʻarb tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatishga tayyorligini bildirgan. Bunday cheklovlarning yumshatilishi urushning yanada avj olishiga zamin yaratsada qator Yevropa davlatlari Britaniya siyosatini qoʻllab-quvvatlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring