Jo Bayden AQSH elchixonasining Kiyevga qaytarilishiga qarshilik qilmoqda — OAV

18:18 21 Aprel 2022 Dunyo
571 0

Foto: RadioSvoboda.org

AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati amerikalik qonunchilar va sobiq diplomatlarning mamlakatning Kiyevdagi elchixonasi faoliyatini tiklash haqidagi kuchayib borayotgan chaqiriqlariga faol qarshilik koʻrsatmoqda. Bu haqda “Politico” nashri yozmoqda

Nashrga koʻra, diplomatik missiyaning Ukraina poytaxtiga qaytishi tarafdorlari bu qadam Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” davom etishi fonida Gʻarbning Rossiya uchun kuchi va birligidan dalolat beradi, deb hisoblashadi.

Bayden maʼmuriyati hozirda elchixona masalasini koʻrib chiqmoqda. Ammo bu borada aniq qaror qabul qilinmagan. Nashrning yozishicha, Oq uyda amerikalik diplomatlarning xavfsizligiga ishonch yoʻq. Chunki Ukrainada harbiy harakatlar hamon davom etmoqda.

Davlat departamentining daʼvo qilishicha, ular diplomatlarning Ukraina poytaxtiga qaytishi uchun aniq sanalarni aytmasdan, Kiyevdagi Amerika diplomatik missiyasi faoliyatini qayta boshlashni faol rejalashtirmoqda. Departamentdagi nashr manbalari hozirda AQSH elchixonasini zudlik bilan ochishga tayyorgarlik koʻrilayotganini taʼkidlagan.

Rossiyaning Ukrainada “maxsus harbiy operatsiyasi” boshlanishi munosabati bilan AQSH diplomatik missiyasi fevral oyi oxirida Kiyevdagi faoliyatini toʻxtatgan edi. Elchixonaning qisqarishi oy oʻrtalarida AQSHning “Rossiya bosqini” xavfi haqidagi bayonotlari fonida boshlangan. Natijada xodimlarning bir qismi oʻz ixtiyori bilan Ukrainani tark etgan, qolganlari esa Lvov va Polshadagi konsulliklarga oʻtkazilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер