Jizzaxlik velosportchilar Qirgʻizistonda zafar quchdi
Issiqkoʻlda oʻtkazilgan xalqaro Gran-pri musobaqasi jizzaxlik sportchilar uchun haqiqiy zafar maydoniga aylandi. Qoʻshni Qirgʻizistonda kechgan shiddatli bahslarda velosportchilarimiz nafaqat medallarni shoda-shoda qilib olib kelishdi, balki dunyoga oʻz kuchlarini koʻrsatib qoʻyishdi.
Musobaqaning eng yorqin yulduzi shubhasiz Muhriddin Saparov boʻldi. U finish chizigʻiga birinchilardan boʻlib yetib kelib, 2 ta oltin va 1 ta bronza medalni boʻyniga ildi. Eng quvonchlisi, Muhriddin bu gʻalabasi bilan 2028-yilgi Olimpiya oʻyinlari uchun kerakli boʻlgan qimmatli reyting ochkolarini ham jamgʻardi. Bu degani – Olimpiya sari yana bir katta qadam tashlandi!
Qizlarimiz ham boʻsh kelishgani yoʻq. Gulhayo Sattorova oʻzining matonati va tezligi bilan hammani qoyil qoldirib, 1 ta oltin va 1 ta kumush medalga ega chiqdi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring