Jizzaxlik erkak 32 yoshli xotinini 7-marta pichoq sanchib oʻldirdi. Ayol qoʻshnisi bilan ishqiy munosabatda boʻlgan

12:12 12 Avgust 2021 Jamiyat
1301 0

Jizzax viloyatida erkak oʻz turmush oʻrtogʻini qoʻshnisi bilan ishqiy munosabatini payqab 7-marta pichoq sanchib oʻldirib qoʻydi. Bu haqda “Zamon” xabar berdi.

Dastlabki tergov qidiruv tadbirlarida aniqlanishicha Jizzax shahrida roʻyxatda turib vaqtincha Sh.Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻziga oldindan tanish boʻlgan kirakashlik bilan shugʻullangan mahalladoshini turmush oʻrtogʻi bilan ishqiy munosabatda boʻlganlikda ayblangan. Voqeadan xabardor boʻlgan ayolning eri xotinining tanasiga oshxona pichogʻi bilan 7 marotaba urib tan jarohatlar yetkazgan.

Oqibatda 32 yoshda boʻlgan jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер