Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi

13:05 08 Mart 2025 Jamiyat
232 0

Videodan kadr

Jizzax viloyati Zomin tumanida yuk mashinasi yonib ketdi. Viloyat FVB hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, kecha, 7-mart kuni soat 11:40 larda Zomin tumani Dashtobod shaharchasida Zil-130 rusumli yuk avtomobilida yongʻin chiqqani toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga asosan, voqea joyiga Zomin tumani FVBning yongʻin-qutqaruvchilari soat 11:44 da yetib borib, yongʻinni 12:05 da batamom oʻchirgan.

Hodisa oqibatida yuk avtomobilining motor va salon qismi yonib zararlangan. Taʼkidlanishicha, fuqarolarning kuyish, tan jarohati olishi va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер