Jizzaxda yuk avtomobili, Toʻraqoʻrgʻonda “Spark” yonib ketdi

19:22 06 Sentyabr 2021 Jamiyat
952 0

Ushbu hodisalar haqida YHXBB xabar berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 6-sentyabr kuni soat 16:40 larda, Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani hududidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining 1027-kilometrida, “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1985-yilda tugʻilgan Sh.Gʻ. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomobilining gaz uskunasidagi nosozlik sabab yongʻin yuzaga kelgan.

Haydovchi avtomobilni zudlik bilan toʻxtatgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur hodisa yuzasidan Gʻallaorol tumani FVB hamda YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

***

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 6-sentyabr kuni soat 16:00 larda, Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani, Chustkoʻprik MFY, “Tut” koʻchasida harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1961-yilda tugʻilgan F.Q. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobilning dvigatel qismida yongʻin yuzaga kelgan.

Haydovchi zudlik bilan avtomobilni toʻxtatgan va oʻt oʻchirish xizmatiga xabar bergan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf qilingan.

Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur hodisa yuzasidan Toʻraqoʻrgʻon tumani FVB hamda YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yongʻin yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер