Jizzaxda tibbiyot klasteri tashkil etiladi
Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, ushbu hududda aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish, tibbiy kadrlarni tayyorlashni nazarda tutuvchi zamonaviy tibbiyot klasteri tashkil qilish boʻyicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.
Loyihani amalga oshirishga masʼul boʻlgan “Medical care cluster” MCHJ tashkil etiladi.
2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga “Medical care cluster” MCHJ va loyihani amalga oshirish doirasida MCHJ tomonidan jalb qilingan pudrat tashkilotlari:
- yuridik shaxslar daromad soligʻi va QQSni;
- respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tibbiyot klasterini qurish, jihozlash uchun moʻljallangan materiallarni belgilangan roʻyxat boʻyicha olib kirishda bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi.
Shuningdek, loyiha ishtirokchilari klaster faoliyatini tashkil qilish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy toʻlov toʻlashdan ozod etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring