Jizzaxda test sinovlari yakunlandi

15:58 15 Sentyabr 2020 Jamiyat
734 0

Illyustrativ foto

Jizzax shahridagi “Soʻgʻdiyona” markaziy oʻyingohida 3 ta sektorda 2 smenada boʻlib oʻtgan test sinovlari oʻz nihoyasiga yetdi.

— Viloyatda jami 71 201 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan boʻlib, shundan 68 531 nafari belgilangan qoidalar boʻyicha ishtirok etdi, — deydi Davlat test markazining Jizzax viloyati boʻlimi boshligʻi Ibrohim Xatamov. — 2608 nafar abituriyent nomaʼlum sabablarga koʻra testlarga testlarda qatnasholmadi. 3 nafar abituriyentning tana harorati yuqoriligi uchun dalolatnomalar tuzilib test sinovlariga kiritilmadi.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytish kerakki, 2020-yilgi test sinovlariga 7 nafar abituriyent boshqaning oʻrniga kirishga, 12 nafari telefon va 4 nafari shpargalka olib kirishga, bir nafari mikrochip olib kirishga uringani uchun test sinovlaridan chetlatilgan.

Tolibjon ERGASHEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер