Jizzaxda Qozon federal universitetining filiali ochildi

19:10 10 Oktyabr 2022 Jamiyat
1189 0

Foto: Xalq so‘zi

“Xalq soʻzi” muxbirining xabar qilishicha, filialning tantanali ochilish marosimida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov ishtirok etdi.

Dastlab oliy martabali mehmon va Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliyev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi. Tatariston Respublikasida avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi rivojlangani, Jizzax viloyatining bu sohalarda salohiyati yuqori ekanligi hisobga olinib, Tatariston tomoni tegishli qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligi maʼlum qilindi.

— Tataristonning «Ximgrad» texnopolisi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga oʻxshash industrial parkni “Jizzax” MIZ hududida tashkil etish imkoniyati mavjud,  — dedi Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Tatariston Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yuqori darajaga chiqqani alohida taʼkidlandi. R. Minnixanov Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filialini tashkil etish boʻyicha ishlar juda qisqa fursat ichida amalga oshirilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

Tataristonlik mehmonlar IT Park Jizzax viloyati filiali, Jizzax shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi va yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadilar.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер