Jizzaxda Qozogʻistonga ketayotgan avtobus halokatga uchradi

09:48 17 Aprel 2026 Jamiyat
167 0

Foto: Jizzax viloyati YHXB

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida davlatlar aro qatnovchi avtobus yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea bugun, 17-aprel kuni soat 06:45 larda, Paxtakor tumani hududidan oʻtgan “Toshkent-Termiz” M-39 yoʻlining 957 kilometrida sodir boʻlgan.

Aniqlanishicha, Qozogʻiston Respublikasiga tegishli, Nukus-Olmaota yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib ketayotgan “Yutong” rusumli yoʻlovchi tashuvchi transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotgan. Oqibatda avtobus ushbu yoʻlning taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismidagi yoʻlni ikkiga ajratuvchi beton toʻsiqqa urilgan.

“Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Yengil tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan”, deyiladi viloyat YHXB xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер