Jizzaxda qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarining sotuvga chiqarilishini oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi hududiy tuman boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda Sharof Rashidov, Zafarobod, Gʻallaorol, Zarbdor va Paxtakor tumanlarida faoliyat yurituvchi “B.O.”, “Y.F.”, “SH.Y.” “K.V.” MCHJ hamda “E.M.” xususiy korxonasi savdo doʻkonlari sotuvchilari xaridorlarga “GOLD”, “Portveyn”, “Talaya”, “Juravli” va “Chistaya vodka” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu savdo doʻkonlarida sotuvga qoʻyilgan jami 3 581 dona har xil turdagi qalbaki aksiz markali alkogol va 125 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring