Jizzaxda ko'chatlar qurib qolganligi sababli Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘iga jarima solindi

16:42 16 Avgust 2023 Jamiyat
858 0

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Baxmal tumani bo'limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida Baxmal tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan "Fidokor" MFY hududiga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 1332 tup manzarali ko‘chatlarning 450 tupi suvsizlik natijasida qurib qolganligi ma'lum bo'ldi. Bu bilan "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonunning 4, 24, 32-moddalari talablari buzilgan.

Holati yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘iga MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari – 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер