Jizzaxda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

12:19 12 Noyabr 2024 Jamiyat
228 0

Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Jizzax shahridagi Sambhram universitetida “Ilm-fan taraqqiyoti: ilmiy innovatsion yondashuvlar va strategik tahlillar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Xalqaro anjumanda yurtimizdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan bir qatorda, raqamlashtirish yoʻnalishidagi xorijiy universitetlarning professor-oʻqituvchilari, olimlar, tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Tadbirda xalqaro nufuzli oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari axborot texnologiyalari sohalarida taʼlim samaradorligini oshirish, bugungi dunyo ilm-fani oldida turgan dolzarb va muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashdi. Kelgusi rejalar belgilab olindi.

Taʼkidlash kerakki, xalqaro anjumanda mutaxassislar ishtirokidagi muhokamalar, munozaralar, amaliy maʼruzalar respublikamizda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada yuksaltiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер