Jizzaxda ikkita: 4 va 5 yulduzli mehmonxona quriladi
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ va “Asaka” ATBning erkin turistik zona hududida tadbirkorlik va ishbilarmonlik tadbirlarini (MICE tourism) oʻtkazishga moʻljallangan kongress-xoll, rekreatsiya va dam olish zonalaridan iborat boʻlgan ikkita xalqaro darajadagi 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar qurish uchun investitsiya kiritadi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasida keltirib oʻtilgan.
Shuningdek, loyihada keltirilishicha 2024-yil 1-yanvarga qadar erkin turistik zona hududida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xom ashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring