Jizzaxda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda

18:08 03 Mart 2022 Jamiyat
1009 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bugun, 3-mart kuni Jizzax shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi hamkorligida qurilish materiallari, yengil sanoat, avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika sohalari uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik va hududiy korxonalar ishtirokida tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.

Xalq soʻzi

Yarmarkaga 700 dan ziyod yirik va hududiy korxonalar vakillari tashrif buyurgan boʻlsa, ularning 142 tasi 3 ming turdan ortiq import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarini namoyish etyapti.

— Yirik tarmoq korxonalari va kichik biznes subyektlari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlashga koʻmaklashuvchi ushbu anʼanaviy yarmarka biz uchun katta imkoniyat maydonidir, - deydi yarmarka ishtirokchisi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Shoh elegant tekistel” oilaviy korxonasi rahbari Maftuna Qoraboyeva.

— Yarmarka davomida biz ham bir necha million soʻmlik shartnomalarni imzolashni koʻzlab turibmiz. Bu esa ishlab chiqarish quvvatimizni oshirishga, yangi ish oʻrinlarini yaratishimizga turtki beradi.

Maʼlumot uchun. Jizzax viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2021-yilda 7,4 trillion soʻmni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich 10,0 trillion soʻmga yetishi kutilmoqda.

Tolibjon ERGASHEV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер