Jizzaxda harbiy parad oʻtkazildi

15:02 27 Dekabr 2019 Jamiyat
2304 0

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi markaziy oʻyingohda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida harbiy parad oʻtkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Markaziy harbiy okrugdagi harbiy tuzilmalar bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbir 2000 ga yaqin jizzaxlik yoshlarni qamrab oldi.

Jangovar texnikalar paradidan soʻng, harbiylarning qoʻl jangi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlari va Jizzax garnizoni maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestri tomonidan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi.

Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli xizmat itlarini chaqqon va aldamchi harakatlari ishtirokchilar olqishiga sazovor boʻldi.

– Bu kabi tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, – deydi mayor Lutfullo Jalolov. – Hozirgi kunda shahar va tuman markazlarida harbiy texnikalar paradini oʻtkazyapmiz. Harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazilyapti. Poligonlarda oʻquvchilar jangovar mashgʻulotlarni kuzatishyapti. Umumiy aytganda “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari xalq va armiya birdam ekanligini namoyoyan qilmoqda.

Tadbir soʻnggida Jizzax garnizoni rahbariyati va Milliy gvardiya qoʻmondonligi hamda Ichki ishlar boshqarmasining maxsus otryadi tomonidan harbiy texnika va qurol-yarogʻlar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер