Jizzaxda gulchi ayol tanlov gʻolibi boʻldi

14:35 22 Avgust 2022 Jamiyat
576 0

Foto: Xalq so‘zi

“Ishbilarmon ayol” anʼanaviy koʻrik-tanlovining Jizzax viloyat bosqichida bu yil faoliyatini havaskor gulchilikdan boshlagan, hozirgi kunda Sharof Rashidov tumanidagi “Gulchi opa” klaster xizmati boshqaruvchisi boʻlib ishlayotgan Ozoda Ergasheva gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

— Klasterimizda asosan ishsiz ayollar va qizlar bandligini taʼminlashga eʼtibor qaratiladi, — deydi Ozoda Ergasheva. — Hozirgi kunda klasterimizda 114 ta ish oʻrni boʻlsa, ularning 50 tasi “Ayollar daftari”ga, 35 tasi “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga ajratilgan. Shuningdek, ehtiyojmand opa-singillarimiz uchun 50 dan ziyod mavsumiy ish oʻrinlari mavjud.

Tanlovda 2-oʻringa Zafarobod tumanidagi «Bogʻboshi» fermer xoʻjaligi rahbari Sagadat Xalimova, 3-oʻringa zarbdorlik «Guli charos» xususiy korxonasi rahbari Gulnora Tangirberdiyeva munosib deb topildi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер