Jizzaxda fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, Janubiy Afrikada chorasiz qoldirgan shaxs ushlandi

20:41 18 Iyun 2024 Jamiyat
844 0

Illyustrativ foto

Jizzax viloyatida fuqaroni 14 ming 300 dollar evaziga noqonuniy yoʻl bilan AQSHga joʻnatishni vaʼda qilib, uni Janubiy Afrikaga yuborgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Jizzax shahriningXayrobodmahallasida yashovchi I.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, oʻgʻli M.T.ni Sharof Rashidov tumanida yashovchi A.Y. Amerikaga yuborishini aytib, 14 ming 300 dollar olgani, lekin farzandini Janubiy Afrikaga joʻnatganligini bildirgan.

Shuningdek, arizachi oʻgʻli M.T. Afrikada chorasiz qolib ketganligi, oʻz navbatida A.Y. undan vaziyatni oʻnglash uchun yana 6 ming 700 dollar soʻrayotganidan shikoyat qilgan.

Maʼlum qilinishicha, mazkur murojaat asosida tezkor tadbir oʻtkazilib, 6 ming 700 AQSH dollarini olgan A.Y. ashyoviy dalillar ushlangan.

Manbaga koʻra, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, biroq xabarda Janubiy Afrikada chorasiz qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarosining hozirgi ahvoli, uni vatanga qaytarish uchun tegishli choralar koʻrilayotgani yoki yoʻqligi haqida maʼlumot berilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер