Jizzaxda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Jizzax viloyati IIB JXX YHXB
Jizzax viloyatida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 4-sentyabr kuni soat taxminan 17:00 larda G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 yo‘lida sodir bo‘lgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yo‘lning dovon qismida harakatlanib kelayotgan “Gaz-52” yuk avtomashinasi haydovchisi nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda ushbu yuk avtomashinasi o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Captiva”ning orqa chap yon tomonidan va “Nexia-3”ning orqa tomonidan urgan. To‘qnashuv oqibatida “Nexia-3” o‘zidan oldinda bo‘lgan “Spark” avtomashinasining orqa qismiga urilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. “Nexia-3” avtomashinasi yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish va rasmiylashtirish vaqtida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring