Jizzaxda 3,1 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagan “zapravka” aniqlandi

15:42 11 Aprel 2026 Jamiyat
245 0

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 3,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSh) aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, AJning Metrologik taʼminot boshqarmasi, “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari hamda huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Sharof Rashidov tumanida joylashgan “Ch.Y.” MChJga qarashli AGTKSh xatlov oʻtkazilgan.

Oʻrganish vaqtida AGTKShdagi hisoblash uskunasiga oʻzboshimchalik bilan tashqi taʼsir oʻtkazilgani aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, natijada 3 milliard 166 million soʻmlik zarar qayd etilgan.

Hozirda mazkur holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan va barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер