Jizzax shahri hokimining birinchi oʻrinbosari tadbirkordan 2000 dollar pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi

12:49 12 May 2021 Jamiyat
1958 0

Jizzax shahri hokimining birinchi oʻrinbosari qurilish boʻyicha tenderni olib berish uchun fuqarodan 2000 AQSH dollari olayotgan payti qoʻlga olindi. Bu haqda “Yangi davr” dasturida xabar berildi.

Qayd qilinishicha, Jizzax shahri hokimi moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari, shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi v.b. shaxs qoʻlga olingan. U aslida Jizzax shahrida moliyaviy tizimning shaffofligiga, kambagʻallikni qisqartirishga masʼul boʻla turib tadbirkorga shahardagi ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshiriladigan qurilish taʼmirlash ishlari boʻyicha oʻtkaziladigan tender savdolarini olib berish evaziga undan 2000 AQSH dollari talab qilgan.

Joriy yilning 6-may kuni kechki soat 20:00 larda Jizzax shahri “Jizzaxlik” mahallasi hududidan 2000 AQSH dollari miqdoridagi pulni oʻzi boshqaruvidagi “Gentra” rusumli avtomashina orqa yukxonasiga tashlab qoʻygan holda olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер