Jinoyat sodir etib, Rossiyada yashirinib yurgan oʻzbekistonliklar qoʻlga olindi

14:01 27 Mart 2019 Jamiyat
1492 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahar IIBB xodimlari chet davlatlardagi hamkasblari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorliklari natijasida, jinoyat sodir etib, tergov va suddan boshqa davlatlarda yashirinib yurgan shaxslarning turar joyini aniqlashmoqda.

Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda MDH davlatlaridagi, xususan, Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

Yilning boshidan buyon RFdan Toshkent shahar IIBBga 9 nafar tergov va suddan yashiringan ayblanuvchi qoʻlga olinib etap qilinganlar. 17 mart kuni Moskvada Toshkent shahar IIBB soʻroviga binoan jinoyat sodir etganliklari sababli qidiruv eʼlon qilingan uch nafar shaxs qoʻlga olindi. Ular Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 (“Firibgarlik”) va 169-moddasida (“Oʻgʻrilik”) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun qidiruv eʼlon qilingan 27 yoshli Andrey Sh; Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruv eʼlon qilingan 27 yoshli namanganlik Abdumutalibxon X; Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasida (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish”) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruv eʼlon qilingan 32 yoshli Grigoriy S. 

24 mart kuni Novosibirskda mahalliy politsiya xodimlari Toshkent shahar IIBBning soʻroviga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasida (“Firibgarlik”) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruv eʼlon qilingan 39 yoshli Lutfulla R.ni qoʻlga olishdi.

Qoʻlga olingan shaxslarga nisbatan sud tomonidan hibsga olish chorasi qoʻllanildi. Qoʻlga olingan shaxslar Oʻzbekistonga sud ishlarini davom ettirilishi uchun qaytarilib, jazoning muqarrarligi prinsipi taʼminlandi.

Qoʻlga olingan shaxslar Oʻzbekistondan tashqarida boʻlganliklariga qaramasdan, ularning turar joylari Toshkent shahar IIBBning chet ellik hamkasblari bilan yoʻlga qoʻygan hamkorliklari natijasida aniqlandi.

Shuni taʼkidlash joizki, yoʻlga qoʻyilgan joylarga chiqish bilan amalga oshiriladigan tezkor-qidiruv tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida erishilgan ijobiy natija hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер