Jim Kerri kinodagi faoliyatini tugatganini eʼlon qildi

10:59 04 Aprel 2022 Dunyo
1720 0

Amerikalik taniqli aktyor Jim Kerri kinodagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda aktyor Access Hollywood koʻngilochar dasturida maʼlum qilgan.

— Men nafaqaga chiqyapman. Lekin koʻramiz, agar, farishtalar tillasiyoh bilan yozilgan qandaydir ssenariy olib kelishsayu, bu film tomoshabinlar uchun muhimligini tushunsam, albatta, rol ijro etaman, — deya taʼkidlagan aktyor.

Shuningdek, Jim Kerri rasm chizish va shu kabi madaniy hayotni yoqtirishini aytgan.

Maʼlumot uchun, aktyor 1962-yil Kanadada tugʻilgan. U “Niqob”, “Eys Ventura”, “Trumen shousi”, “Begʻubor aqlning abadiy quyoshi” va “Grinch — Rojdestvo oʻgʻrisi” kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер