JCh-2018. Bugun Ermatov yangi tarix yaratadigan kun

12:56 21 Iyun 2018 Sport
2317 0

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining sakkizinchi kunida bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ularning biz uchun ahamiyatlisi ham bor.

Gap shundaki, o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov bugun bu yilgi mundialdagi ilk uchrashuvi Argentina Xorvatiya to‘qnashuvini boshqarib boradi. Bu natija orqali Ermatov JChda boshqargan o‘yinlari soni 10taga yetadi. Hal hech bir hakam bunchalik ko‘p jahon chempionati o‘yinlarida ishlamagan.

Ravshan Ermatov so‘nggi ikki jahon chempionatida 9ta o‘yinni boshqarib rekord o‘rnatgandi. Endigi uning har bir o‘yinga tayinlovi o‘z rekordini yangilash bo‘lib boraveradi. 

Bugungi kunning ilk uchrashuvi C guruhining ikki vakili o‘rtasida kechadi. Unda Daniya terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa Fransiya birinchi tur omadsiz Peru terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

JCh-2018. 2-tur
C guruhi

Daniya - Avstraliya 17:00
Samara "Kosmos Arena"
Bosh hakam: Antonio Mateu Laos (Ispaniya)

Fransiya - Peru 20:00
Yekaterinburg, "Markaziy" o‘yingohi
Muhammad Abdulla Hassan Muhammad (BAA)

D guruhi
Argentina - Xorvatiya 23:00
"Nijniy Novgorod" stadioni
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер