Jasliqqacha qoʻshimcha poyezdlar qatnovi tashkil etiladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasining chekka hududidagi Jasliq bekatigacha boradigan yoʻlovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil oktyabr oyida qoʻshimcha poyezdlar qatnovi amalga oshirilmoqda.
"484 -sonli ushbu yoʻlovchi poyezdi 2020-yil 15, 19, 22, 25, 29 va 30-oktyabr kunlari Toshkent markaziy vokzalidan soat 23:20 da joʻnaydi. Mazkur poyezd harakati davomida Samarqand, Buxoro, Misken, Qoʻngʻirot vokzallari orqali oʻtib Jaslik bekatigacha boradi.
Yoʻlovchilar chiptalarni elektron shaklda ham sotib olishlari mumkin“ deyiladi ”Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring