Janubiy Koreyaning saylangan prezidenti Rossiyaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi

00:31 16 Aprel 2022 Dunyo
964 0

Arxiv surat

Janubiy Koreyaning saylangan prezidenti Yun Sok Yol Rossiyaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi.

“Janubiy Koreya Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro bosim kampaniyasida faol ishtirok etishi kerak”, deydi respublikaning saylangan prezidenti Yun Sok Yol.

Siyosatchining soʻzlariga koʻra, Seul Kiyevga 10 million dollar ajratgan, bu har bir ukrainalik uchun 20 sentdan toʻgʻri keladi. 

“Xalqaro hamjamiyat koʻproq ishtirok etishimiz uchun bizga murojaat qilganda, biz oʻz munosabatimizni yaqqol koʻrsatishimiz kerak, bu xalqaro tartibni hurmat qilishdir”, deydi siyosatchi. U asosiy eʼtiborni insonparvarlik yordamiga qaratishni tavsiya qildi. 

Yun Sok Yol 10-may kuni Janubiy Koreya prezidenti lavozimiga kirishadi.

Maʼlumki, Rossiya joriy yilning 24-fevralidan beri Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” oʻtkazmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер