Janubiy Koreyada yongʻin oqibatida 900 ming gektardan ortiq oʻrmonga jiddiy zarar yetdi
Foto: Unsplash
Janubiy Koreyaning Chirisan milliy bogʻidagi yongʻin 910 ming gektar oʻrmonga zarar yetkazdi va fojia oqibatida bir nafar oʻt oʻchiruvchi halok boʻldi. Bu haqda mamlakat oʻrmon xizmatiga tayanib, mahalliy “Yonhap” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yongʻin boshlanganidan 21 soat oʻtib oʻchirilgan. Favqulodda vaziyatni bartaraf etish vaqtida jarohatlangan oʻt oʻchiruvchilardan biri kasalxonaga yetkazilgan va u yerda vafot etgan.
Oʻrmon xizmati maʼlumotlariga koʻra, yongʻin Kensan-Namdo provinsiyasining Xadon okrugida boshlangan, soʻngra qoʻshni hududlarga oʻtgan. Ayni vaqtda 75 nafarga yaqin mahalliy aholi oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan.
Ilgari oʻrmon yongʻinlari 2021-yilda atmosferaga chiqadigan karbonat angidrid gazining 25 foiz manbai ekanligi maʼlum qilingan edi. Soʻnggi ikki oʻn yillikda olimlar inson faoliyati tufayli iqlim asta-sekin isib bormoqda, degan xulosaga kelishdi. Bu, birinchi navbatda, issiqxona effektini yaratadigan karbonat angidridning taʼsiriga bogʻliq boʻlmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring