Janubiy Koreya Ukrainaga radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik qurollardan himoya vositalari yetkazib beradi

20:31 26 May 2022 Dunyo
1336 0

Foto: AP

Janubiy Koreya Ukrainaga 1,1 million dollarlik gaz niqoblari va filtrlarni yuboradi

Janubiy Koreya Ukrainaga yordamning navbatdagi partiyasi sifatida 1,1 million dollarlik himoya niqoblari va filtrlarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar bermoqda.

Harbiy departament vakilining soʻzlariga koʻra, uchinchi  yordam partiyasida radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya uchun zarur boʻlgan buyumlar yetkaziladi. Ushbu vositalar kelasi oyda Ukrainaga yetib keladi.

Janubiy Koreya allaqachon Ukrainaga bir million dollarlik gumanitar yordam yetkazib bergan va qoʻshimcha yordam koʻrsatish imkoniyatlarini koʻrib chiqishga vaʼda bergan. Xususan, Seul Kiyevga 30 million dollar miqdorida moddiy yordam berishni taklif qilgan.

Avvalroq mamlakat prezidenti Yun Sok Yol Koreya Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga xalqaro bosim kampaniyasida faol ishtirok etishi kerakligini aytgan edi. 

Siyosatchining soʻzlariga koʻra, Seul Kiyevga 10 million dollar ajratgan, bu har bir ukrainalik uchun 20 sentdan toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер